Rossiya pochtasi Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi tashkil topishining 25 yilligiga bag‘ishlab maxsus pochta markasini chiqardi. 288 ming adadda ishlab chiqarilgan, 17 rubl nominalli markada Hamdo‘stlik emblemasi aks etgan, deb xabar bermoqda “TASS”.
Markadan tashqari, maxsus konvert va birinchi kun shtempeli ishlab chiqarildi. Shtempel faqat bir kun amal qiladi.
MDH 1991-yilda tashkil topgan edi. Bugungi kunda uning tarkibida Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston, O‘zbekiston va Ukraina bor.
Izoh (0)