Microsoft asoschisi Bill Geyts tropik Afrikaning eng qashshoq mamlakatlariga yordam berish uchun tovuq yetishtirish bo‘yicha keng miqyosli kampaniyaning boshlanganini e’lon qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Geytsning ta’kidlashicha, parrandachilik qashshoqlikka qarshi kurashishning samarador chorasidir. Shu tufayli u mintaqaga 100 ming tovuq yetkazib berishni rejalashtirmoqda.
Loyiha rejasida uqtirilishicha, parrandachilik manfaatli va kamxarajat biznesdir. Bundan tashqari, tovuq tuxumi muhim oziq-ovqat mahsuloti hisoblanadi.
Geytsning hisob-kitoblariga qaraganda, besh tuxum qo‘yuvchi tovuqqa ega fermer uch oy ichida ularning sonini 40 taga yetkaza oladi. G‘arbiy Afrikada tovuqning o‘rtacha narxi 5 dollarni tashkil etadi. Natijada fermerning yillik daromadi ming dollardan oshishi mumkin.
Loyihadan ko‘zlangan maqsad tropik Afrikadagi oilalarning 30 foiziga parrandachilikni yo‘lga qo‘yishda yordam ko‘rsatishdir. Hozirda parrandachilik bilan oilalarning 5 foizi shug‘ullanadi.
Izoh (0)