Tojikistonning birinchi prezidenti Qahhor Mahkamov uzoq xastalikdan so‘ng 84 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Sobiq davlat rahbarining dafn marosimi 9-iyun, payshanba kuni Dushanbedagi “Sari Osiyo” qabristonida bo‘lib o‘tadi.
Qahhor Mahkamov 1990-yil 30-noyabrida prezident etib saylandi. 1991-yilning 31-avgustida u mansabidan ketdi.
Izoh (0)