Tailand janubida turistlarni tashiyotgan ikki tezyurar qayiqning to‘qnashib ketishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, 26 kishi jarohat oldi. Bu haqda, Bangkok Post nashriga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Voqea turistlar orasida mashhur Pxi-Pxi arxipelagi yaqinida, ochiq dengizda ro‘y berdi. Yo‘lovchilarning ko‘pchilik qismi Janubiy Koreya va XXR fuqarolari ekanligi aytilmoqda.
Jabrlanganlarning yetti nafari og‘ir ahvolda.
Izoh (0)