Germaniyada qochqin sifatida istiqomat qilayotganlarning 500 ming nafar qarindoshi ularning izidan ushbu mamlakatga ko‘chib kelishi mumkin. Bu raqam migratsiya va qochqinlar ishlari bo‘yicha federal idora ma’lumotlarida aks etgan, deb xabar bermoqda “TASS”.
Gap birinchi galda muhojirlarning turmush o‘rtoqlari va farzandlari, shuningdek, voyaga yetmagan qochqinlarning ota-onalari haqida ketmoqda.
Qonunchilikka kiritilgan yangi o‘zgartishlarga muvofiq, bu yerdagi qochqinlarning oila a’zolari bir necha oy mobaynida sekin-asta ko‘chib kelishi mumkin. Bu migratsion organlarning yuklamasini biroz kamaytiradi.
2015-yilda Germaniyaga 1,1 million qochqin tashrif buyurdi, ulardan 428 ming nafari suriyaliklardir. Joriy yilda yetib kelgan qochqinlarning 72 ming nafari Suriya fuqarolaridir.
Izoh (0)