Koreya Respublikasi mahalliy tadbirkorlarga KXDR hududidagi Keson sanoat kompleksiga tashrif buyurishga ruxsat bermadi. Bu haqda Seuldagi brifingda Birlashish vazirligi vakili ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
KXDR bir tomonlama tartibda Janubiy Koreya biznesini musodara etgan bir paytda kompaniya vakillarining Shimolga safar tashkil etishga urinishi noto‘g‘ri ekanligi ta’kidlandi.
Fevral oyining boshida Seul KXDR tomonidan yadro sinovi o‘tkazilishi va ballistik raketaning uchirilishiga javoban Janubiy Koreyaning yuzdan ortiq firmasi faoliyat yuritgan Keson sanoat kompleksini yopish haqida qaror qabul qilgan edi. Bir oydan so‘ng, Pxenyan Janub bilan iqtisodiy hamkorlikning to‘xtatilganligini e’lon qildi va Janubiy Koreya kompaniyalarining Kesondagi mulklarini davlat mulkiga aylantirdi.
Janubiy Koreya kompaniyalari inventarizatsiya o‘tkazish va Shimoliy koreyalik ishchilarning ish haqi masalasini tartibga solish maqsadida texnoparkka tashrif buyurishni rejalashtirgan edi.
Izoh (0)