Daryo

Janubiy Koreya Keson sanoat kompleksidan o‘z fuqarolarini evakuatsiya qilmoqda

“Shimoliy Koreya kompleks faoliyatidan ommaviy qirg‘in qurollarini ishlab chiqarish uchun foydalanmasligi zarur”, — deb ta’kidladi Janubiy Koreya birlashish vazirligi vakili

1 daqiqa o‘qish7 972 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Dosug.md”

Koreya Respublikasi o‘z fuqarolarini KXDR bilan qo‘shma Keson sanoat kompleksidan evakuatsiya qilishni boshladi. Bu haqda “Ryonxap” agentligi ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar beradi.

Foto: “Dosug.md”

“Shimoliy Koreya Seulning o‘z fuqarolarini Kesondan evakuatsiya qilish haqidagi rejasiga ruxsat bergan ekan, Janubiy koreyalik xodimlar kompleks hududiga erkin kirishi va uni tark etishi mumkin”, — dedi Koreya Respublikasi birlashish vazirligi vakili.

10-fevral, chorshanba kuni boshqarma Pxenyanning 6-yanvar kuni yadro sinovi o‘tkazganligi va 7-fevral kuni tashuvchi raketani uchirganligiga javoban Keson kompleksidagi ish jarayonining to‘xtatilishi haqida e’lon qilgan edi.

“Kompleks faoliyatidan Shimoliy Koreya ommaviy qirg‘in qurollarini ishlab chiqarish uchun foydalanmasligi zarur”, — deb ta’kidladi boshqarmaning rasmiy vakili.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar