Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Turkiya janubi-g‘arbiy qirg‘oqlaridagi Kushadasi kurort-shahri rasmiylari sayyohlar oqimini ko‘paytirish uchun Airbus A300 samolyotini cho‘ktirdi. Mazkur samolyot mamlakatda sun’iy qoyalar yaratish uchun foydalaniladigan eng katta havo kemasi bo‘ladi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.

Foto: Daily Sabah

Foto: Daily Sabah

Mazkur loyihaning maqsadi Kushadasi yaqinida suvosti dunyosi rang-barangligini oshirish va dayvingni rivojlantirishdan iborat ekanligi aytilmoqda. Shahar rasmiylari yangilik yiliga qo‘shimcha 250 ming nafar mahalliy va xorijiy sayyohni jalb etishini kutmoqda.

Uzunligi 54, qanotlarining uzunligi 44 metr bo‘lgan hisobdan chiqarilgan samolyot shahar g‘aznasiga 91 ming dollarga tushdi. Havo kemasini cho‘ktirish maxsus texnika va g‘avvoslar yordamida amalga oshirildi va 2,5 soat atrofida vaqt oldi.

Airbus A300 dayvingni yoqtiradigan sayyohlarni qiziqtirish uchun Turkiya suvlariga cho‘ktirilgan birinchi samolyot emas. Havo kemalari ko‘rinishidagi sun’iy qoyalar Antaliya, Kemer va Dyuzje qirg‘oqlarida ham bor, biroq ularning barchasi kichik o‘lchamda edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiyada deputatlar davlat budjeti muhokamasida mushtlashdi (video)
Mahalliy
Namangandagi ko‘mir mashmashasi: aholi uchun ko‘mir sotib olish — ovoragarchilik, rahbarlar esa ko‘mirga talab uning sifati yaxshiligidan demoqda (video)
Mahalliy
Toshkentda zo‘ravonlikka qarshi kurash bo‘yicha xalqaro anjuman — suratlarda