Afg‘oniston shimolidagi Saripul provinsiyasi gubernatori Muhammad Zohir Vahdot mahalliy OAVlarga “Tolibon” harakati ekstremistlari muqaddas Ramazon oyini qon to‘kish bilan boshlaganini ma’lum qildi, deb yozadi “Interfaks”.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 6-iyun, dushanba kuni ertalab jangarilar Sangchorak uyezdidagi Langar qishlog‘ida pistirma tashkil qilib, ushbu uyezdning xavfsizlik bo‘linmasi rahbari Sharofatil Xon, uning o‘rinbosari, uch harbiy xizmatchi, hamroh ofitserlar, shuningdek, oqsoqol G‘ulom Rahmon Xonni otib tashladi. Harbiy xizmatchilar va oqsoqol qishloqlardan biridagi ma’rakadan qaytayotgan bo‘lgan.
Izoh (0)