Suriya prezidenti Bashar Asad butun mamlakat hududi bo‘ylab o‘z nazoratini tiklashga intilishini bayon qildi. Bu haqda, AP’ga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
“O‘z mamlakatimning har bir santimetrini ozod etish niyatim bor, qo‘shinlarimiz Palmirani IShIDdan ozod etgani kabi”, — dedi u parlament oldida qilgan chiqishida.
“Damashq g‘olib bo‘lishi lozim, buning muqobili yo‘q”, — qo‘shimcha qildi prezident.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)