O‘zbekistonning aksariyat hududlarida, xususan, Toshkent shahrida ham 2—3-iyun kunlari kuchli shamol va qisqa muddatli yog‘ingarchilik kuzatildi.
Facebook’dagi “Molodaya fotografiya Uzbekistana” ochiq guruhi a’zolaridan biri Yevgeniy Chubko 2-iyun kuni Toshkentda shamolni suratga oldi.
Unda shamol vaqtida ko‘tarilgan chang-to‘zon, changdan yuzini yashirgan yosh havaskor futbolchilar va qiz aks etgan.
Ma’lumot uchun, 5-iyun, yakshanba kuni Toshkentda yog‘ingarchilik va kuchli shamol kuzatilmaydi, havo harorati kunduzi +35 darajagacha isishi mumkin.
Izoh (0)