O‘zbekistonning barcha hududlarida 4-iyun, shanba kuni yog‘ingarchilik, momaqaldiroq va kuchli shamol kuzatiladi. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, 4-iyunga o‘tar kechasi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida havo harorati +12…+17 daraja, Farg‘ona vodiysi vilyaotlari va Toshkent shahrida +20 darajagacha, qolgan hududlarda +17…+25 daraja iliq oralig‘ida bo‘ladi.
4-iyun kuni kunduzi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida havo harorati +20…+25 daraja, Toshkent shahrida +30…+32 daraja, qolgan hududlarda esa +35…+37 darajagacha iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Shanba kuni O‘zbekistonning barcha hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir, momaqaldiroq kutiladi, momaqaldiroq vaqtida shamolning tezligi soniyasiga 15—20 metrgacha kuchayishi mumkin.
Izoh (0)