Shimoliy Xitoyning Shansi provinsiyasida 3-iyun, juma kuni avtobus haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, tunnel tayanchiga urildi. Yo‘l-transport hodisasi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi, yana 13 kishi yaralandi. Bu haqda Xitoy markaziy televideniyesi ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Politsiyaning dastlabki taxminiga ko‘ra, haydovchi hududda ruxsat berilgan tezlikni biroz oshirgan.
Avtobusda jami 22 kishi bo‘lganligi ma’lum qilinmoqda. Yuz bergan hodisaning boshqa tafsilotlari ma’lum qilinmadi.
Izoh (0)