1-iyun kuni Syurix aeroportida tushirilgan bir fotosurat OAV diqqatini o‘ziga jalb qildi, deb ta’kidlaydi TJournal. Ushbu surat Germaniya kansleri Angela Merkel, Fransiya prezidenti Fransua Olland hamda Britaniyaning mashhur Iron Maiden rok guruhi samolyotlari bitta kadrga tushib qolgani bilan diqqatga sazovordir.
Samolyotlarning o‘lchamlaridagi tafovut ko‘plab hazillarga mavzu bo‘ldi. Iron Maiden’ning havo kemasi hajmiga ta’rif berarkan, jurnalistlar va ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari bunda musiqa siyosatdan muhimroq ekanining isbotini ko‘rdi.
Yevropa davlatlari rahbarlari Syurixga 57 kilometrli Gotard temir yo‘l tunnelining ochilish marosimida ishtirok etish maqsadida tashrif buyurgan edi. Britaniyalik musiqachilar esa Shveysariyaga The Book of Souls xalqaro turnesi doirasida uchib keldi.
Izoh (0)