Tennessida AQSh Harbiy-dengiz kuchlarining Blue Angel F/A-18 samolyoti halokatga uchradi. Oqibatda uchuvchi halok bo‘ldi. Bu haqda, Associated Press agentligi ma’lumotiga tayanib, “RBK” xabar bermoqda.
Samolyot shtat poytaxti Neshvilldan janubi-sharqda joylashgan Smirna shahri yaqinida quladi. Yerda hech kim jabrlanmagan.
Harbiy-dengiz kuchlari vakilining agentlikka ma’lum qilishicha, halokatga uchragan samolyot boshqa oltita F/A-18 qiruvchi samolyotlari guruhida dam olish kunlari bo‘lib o‘tadigan aviashouda ishtirok etishi kerak edi.
Mahalliy o‘t o‘chirish departamenti rahbari Rik MakKormikning Fox News telekanaliga ma’lum qilishicha, samolyot havoga ko‘tarilishi bilanoq yerga qulagan.
Shuningdek, 2-iyun kuni Kolodaro shtatida AQSh Harbiy-havo kuchlari Akademiyasining bitiruv tadbirida Thunderbird uchuvchilik guruhining harbiy samolyoti halokatga uchradi. Samolyot uchuvchisi katapulta vositasida irg‘ib chiqishga ulgurdi.
Izoh (0)