1-iyun kuni Nyu-Yorkning Matt And Kim dens-pank dueti o‘zining yangi Let’s Run Away qo‘shig‘iga klip ishladi, deb yozadi TJournal.
Rolik shunisi bilan e’tiborliki, u GoPro kamerasi yordamida suratga olingan, uni musiqachilar syomka chog‘ida o‘zlari atrofida aylantirgan va shu tariqa, “Matritsa” filmidagi mashhur effektning “arzon versiyasi” yaralgan.
https://youtu.be/4KA1eXUKZJ4
Bunday videoni yaratish g‘oyasi musiqachilarga Centriphone roligini tomosha qilib bo‘lgandan keyin keldi, u YouTube’da fevral boshidan buyon to‘rt milliondan ortiq marta ko‘rilgan. Shveysariyalik chang‘ichi Nikolas Vigner chang‘ida tog‘dan tushish vaqtida o‘z atrofida iPhone’ni aylantirishni o‘ylab topdi va natijada dunyo OAVlari e’tiboriga tushdi.
https://youtu.be/aqncOP7OzMg
Izoh (0)