Rossiya iqtisodiy rivojlanish vazirligi mansabdorlar va harbiy xizmatchilarga xorijiy ishlab chiqaruvchilar mobil dasturlarida ishga oid yozishmalar olib borishni qonun yo‘li bilan man etishni taklif etmoqda. Bu haqda Meduza xabar berdi.
Vazirlik tomonidan prezident Putin uchun tayyorlangan va 26-mayda taqdim etilgan mahalliy dasturiy ta’minot va qurilmalarga e’tibor qaratishga taalluqli ma’ruzada shu haqda so‘z boradi. Taklif etilayotgan choralardan biri — harbiy va davlat xizmatchilari ishga oid elektron xabarlarni xorijiy dasturiy ta’minot, jumladan, smartfonlardagi mobil dasturlardan foydalanib yuborishini man etishdan iborat. Shu tariqa, Gmail.com pochta qutisi, WhatsApp, Viber, Telegram taqiq ostiga tushishi mumkin.
Vazirlik vakili Yelena Lashkina xizmat maqsadlari uchun faqat Rossiya messenjerlaridan foydalanish rejalashtirilayotganini tasdiqlab, mazkur taklif aloqa hamda sanoat va savdo vazirliklari, shuningdek, Internetni rivojlantirish instituti bilan kelishilganini ma’lum qilgan.
Izoh (0)