Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

IDC (International Data Corporation) xalqaro tahliliy kompaniyasi 2016-yildagi smartfonlar xaridlari yuzasidan o‘z prognozini e’lon qildi. Unga ko‘ra, xaridlar hajmining o‘sishi, ilgari kutilganidek, 5,7 foizni tashkil etmaydi, deb xabar bermoqda “Hi-Tech.Mail.ru”.

Foto: YouTube

Foto: YouTube

Ushbu ko‘rsatkich 2,7 foizga tushirildi — endilikda xaridlar faqat 3,1 foizga o‘sishi kutilmoqda. Qiyos uchun, 2014-yilda o‘sish 27,8 foizni, 2015-yilda esa 10,5 foizni tashkil etgan edi.

Tahlilchilar bu holatni bir qator bozorlar, ayniqsa Xitoydagi vaziyat bilan bog‘lamoqda.

2016-yilda jami 1,48 milliard dona mobil uskuna sotiladi. 2020-yilda bu ko‘rsatkich 1,84 milliardga yetadi.

Android’dagi smartfonlar xaridlari o‘sishi 6,2 foizni tashkil etadi — dunyo bo‘ylab bunday uskunalardan jami 1,24 milliard sotiladi.

iPhone xaridlari esa 2 foizga qisqarib, 226,8 millionga teng bo‘ladi.

2020-yilda bu ko‘rsatchiklar muvofiq ravishda 1,57 milliard va 267,1 millionga teng bo‘ladi.

Foto: “Hi-Tech.Mail.ru”

Foto: “Hi-Tech.Mail.ru”

Shu tariqa, 2016-yilda bozordagi ulushlar 83,7 va 15,3 foizga, 2020-yilda esa 85,1 va 14,5 foizga teng bo‘ladi. Windows-smartfonlar ulushi 2016-yilda 0,8 foizni tashkil etayotgan bo‘lsa, 2020-yilda 0,4 foizga qadar qisqaradi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
“O‘tgan yil davomida ichki ishlar xodimlari bilan bog‘liq 644 ta salbiy video tarqalgan” — Shohrux G‘iyosov