Avstraliyaning Sidney shahri hukumati yotiq svetoforlar bilan tajriba o‘tkazib ko‘rish niyati haqida e’lon qildi, deb yozadi N+1.
Signallari piyodalar o‘tish yo‘lagiga ichkaridan o‘rnatiladigan svetoforlarga 250 ming Avstraliya dollari (181,4 ming AQSh dollari) sarflash rejalashtirilmoqda. Bunday svetoforlar yo‘llarda xavfsizlikni oshirishi taxmin qilinmoqda.
Yotiq svetoforlar smartfonda qandaydir mashg‘ulotga berilib ketgan va yon tomonlariga qaramayotgan piyodalar uchun mo‘ljallangan. Bunday odamlarni “telefon zombilari” deb atay boshlashdi. O‘tish yo‘lagiga yaqinlashganda, svetoforning signal chiroqlari piyodalarning ayni oyog‘i tagida yonadi. Yangi svetoforlarni Sidneydagi yirik piyodalar yo‘laklarining barchasiga o‘rnatishadi. Tajriba olti oy davom etadi.
Izoh (0)