Hindistonda Gang suvini internet orqali sotish yo‘lga qo‘yiladi
Hindistonliklar bu yerda muqaddas sanaluvchi Gang suvini internet orqali buyurtma qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi, deb yozmoqda “Gazeta.ru”.
Hindiston axborot va teleradiouzatish vazirligi pochta departamentiga Gang suvining elektron savdosini yo‘lga qo‘yishni taklif qildi.
“Pochtachi mobil telefon, sari, bezak va kiyim-kechakni yetkaza olarkan, Gang suvini nega yetkaza olmasin?”, — deb tashabbusni tushuntirdi axborot vaziri Ravi Shankar Prasad.
Hindiston pochtasi tovarni qadoqlash bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalar bilan suvni shishalarga quyish va joylarga yetkazish yuzasidan muzokaralar boshladi.
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar