Angliya banki 2-iyun kuni dastlabki plastik banknotalar namunalarini namoyish etdi. Besh funtlik kupyuraning orqa tomonida sobiq bosh vazir Uinston Cherchill tasvirlangan, deb xabar beradi “RBK”.
Bank boshqaruvchisi Mark Karnining so‘zlariga qaraganda, yangi banknotalar “tozaroq, xavfsizroq va mustahkamroq”dir.
“Polimerli banknotalar ularga bordo vinosi tomsa ham, sigareta kuli tushsa ham, ularni buldog chaynasa ham, kir yuvish mashinasiga tushib qolsa ham bardosh beradi”, — uning so‘zlarini keltiradi Bloomberg.
Shuningdek, u yangi banknotalar qog‘oz muqobillaridan 2,5 barobarga uzoqroq xizmat qilishini ta’kidlab o‘tdi.
Plastik kupyuralar 13-sentabrdan iste’molga kiritiladi. Keyingi yilda Angliya banki 10 funtlik, 2020-yilda esa 20 funtlik banknotalarni chiqarishni rejalashtirmoqda. 10 funtlik kupyurada yozuvchi Jeyn Ostin, 20 funtlik kupyurada esa rassom Uilyam Tyorner tasvirlanadi.
Izoh (0)