Xitoyning Xunan provinsiyasidagi maktablardan birining yotoqxonasida suv minorasining qulashi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi. “Sinxua” agentligining ma’lum qilishicha, fojia Sinnin uyezdida 31-may, seshanba kuni yuz bergan, deb xabar bermoqda “TASS”.
O‘quvchilardan biri minora bosib qolishi oqibatida halok bo‘ldi, yana besh nafari jabrlandi. Keyinroq jabrlanganlardan biri shifoxonada halok bo‘ldi. Halok bo‘lgan va jabrlangan bolalarning yoshi ma’lum qilinmagan.
Fojia yuzasidan vaziyatni surishtirish davomida maktab direktori va uning o‘rinbosari qo‘lga olindi.
Izoh (0)