Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi hamda Qatarning “Al-Jaish” klubi hujumkor yarim himoyachisi Sardor Rashidov kecha, 31-may kuni uylandi. Kelinning ismi — Lazizaoy.
Nikoh to‘yi marosimi futbolchi tug‘ilib o‘sgan Jizzax shahrida bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston futbol federatsiyasining Twitter’dagi sahifasida ma’lum qilindi.
Sardor Rashidovning nikoh to‘yi marosimiga O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan, “Paxtakor” bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Grigoriy Kolosovskiy, milliy terma jamoa sardori Odil Ahmedov, shuningdek, Aleksandr Geynrix, Sanjar Tursunov, Jasur Hasanov, Ignatiy Nesterov singari bir qator terma jamoa futbolchilari ham tashrif buyurdi.
Qayd etish joiz, 2-iyun kuni O‘zbekiston terma jamoasi Toshkentda Ekvatorial Gvineyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazishi kerak edi. Mazkur uchrashuvga milliy terma jamoa bosh murabbiyi Samvel Babayan xorij milliy chempionatlarida to‘p surib, mavsumni yaqindagina yakunlagan Odil Ahmedov (“Krasnodar”), Vitaliy Denisov (“Lokomotiv”), Aziz Haydarov (“Ash-Shabab”), Sardor Rashidov (“Al-Jaish”) kabi futbolchilarga kichik ta’til bergandi. Keyinroq Ekvatorial Gvineyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini bekor qilindi.
Izoh (0)