Nigeriya janubi-sharqida o‘tkazilgan namoyish davomida kamida o‘n kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Namoyish 1967—1970-yillarda muslaqilligini e’lon qilgan Biafra viloyatida qurolli mojaro boshlanganligining navbatdagi yilligiga to‘g‘rilab o‘tkazildi.
AFP agentligining ma’lum qilishicha, huquqni muhofaza qilish organi xodimlari Anambra va Delta shtatlarida namoyish ishtirokchilariga qarata o‘t ochgan. Hozirgi paytga qadar o‘n kishining halok bo‘lganligi ma’lum qilingan.
Turli etnik guruhlararo qarama-qarshiliklar va Biafra Respublikasi tashkil topganligini ma’lum qilgan bir qator provinsiyalarning ajralib chiqishga urinishi natijasida yuzaga kelgan qurolli mojaro 1967-yilning iyulidan 1970-yilning yanvariga qadar davom etgan. Turli manbalarga ko‘ra, mojaro oqibatida 700 mingdan 3 milliongacha kishi qurbon bo‘lgan.
Izoh (0)