2012-yilgi London Olimpiadasi g‘olibi Sergey Kirdyapkin hamda ikkinchi o‘rin sohibasi Olga Kaniskina medallarini topshirdi. Bu haqda, Butunrossiya yengil atletika federatsiyasi prezidenti Dmitriy Shlyaxtinning so‘zlariga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
Medallarning topshirilishi Lozannadagi Sport hakamlik sudi (CAS) qarorining ijro etilishi bilan bog‘liq ravishda amalga oshirildi.
Doping qabul qilgani ma’lum bo‘lgan Kirdyapkin va Kaniskina mart oyining oxirida mukofotlardan mahrum qilingan edi. CAS Kirdyapkinning 2009-yil 20-avgustidan 2012-yil 15-oktabriga qadar qo‘lga kiritgan barcha natijalarini bekor qildi. Kaniskinaning 2009-yil 15-avgustidan 2012-yil 15-oktabriga qadar bo‘lgan natijalari bekor qilindi.
Sportchilarning advokati Lyusyen Valloni, yangilikka izoh berarkan, ushbu qaror siyosat bilan bog‘liqligini ta’kidladi.
Izoh (0)