O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiylar shtabida faoliyat ko‘rsatgan va bu borada bosh murabbiy Samvel Babayanga yordam bergan serbiyalik mutaxassis Deyan Jurjevichning O‘FF bilan shartnomasi o‘z yakuniga yetdi, deb yozdi “Championat.asia”.
Xabarda qayd etilishicha, O‘FF terma jamoalar markazi va Deyan Jurjevich o‘rtasida yangi shartnoma borasida muzokara davom etmoqda. Mutaxassisning avvalgi shartnomasi asosan JCh—2018 2-saralash bosqichi uchun mo‘ljallangan bo‘lib, Jurjevichni 3-saralash bosqichida ham milliy terma jamoada olib qolish masalasi kun tartibiga qo‘yilgan.
Qayd etish kerak, Deyan Jurjevich 2013-yilning dekabr oyidan boshlab, 2014-yilning mayiga qadar “Paxtakor” klubida ham faoliyat yuritgandi. O‘z navbatida Toshkent klubi 28-may kuni bosh murabbiy No‘mon Hasanovni iste’foga chiqargan bo‘lib, uning o‘rnida Grigoriy Kolosovskiy bosh murabbiy vazifasini boshqaruvchi bo‘lib ishlashga o‘tdi.
Izoh (0)