BMT bosh kotibi Pan Gi Mun jurnalistlardan uning Janubiy Koreyaga tashrifini bo‘rttirib yubormaslikni, jumladan, ushbu mamlakat prezidentligiga nomzodini ilgari surish imkoniyatini qarab chiqayotganligini ta’kidlamaslikni so‘radi. Bu haqda “Interfaks” xabar beradi.
“Men bu yerdagi (Janubiy Koreya) harakatlarimni bo‘rttirib yubormasligingizga umid qilaman”, — dedi u Janubiy Koreyaning Kenju shahridagi matbuot anjumanida.
Avvalroq OAVlarda joriy yil oxirida BMT bosh kotibi lavozimini tark etadigan Pan Gi Mun Janubiy Koreyaga olti kunlik tashrif bilan kelganligi va tashrifdan mamlakatda 2017-yilda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida ishtirok etishi asoslarini tekshirib ko‘rish maqsadini ko‘zlaganligi haqidagi xabarlar paydo bo‘lgan edi.
Pan Gi Mun Nyu-Yorkdan qaytganidan so‘ng, vatanida oddiy fuqaro sifatida nima bilan shug‘ullanishi mumkinligini maslahatlashish uchun tashrif buyurganligini ma’lum qildi.
Pan Gi Mun BMT bosh kotibi etib tayinlangunga qadar 2004—2006-yillarda Janubiy Koreya tashqi ishlar vaziri bo‘lib ishlagan.
Izoh (0)