Moskva viloyatida elektrichkaga chiqishga uringan erkak halok bo‘ldi. Bu haqda, Tergov qo‘mitasining transport bo‘yicha poytaxt boshqarmasi ma’lumotiga tayanib, “RBK” xabar berdi.
Boshqarmaning aniqlik kiritishicha, hodisa Moskva temir yo‘lining Kursk yo‘nalishidagi “Podolsk” stansiyasida yuz bergan. Eshiklari yopilgan poyezdga chiqishga uringan erkak avtomatik eshiklarning oynasini sindirgan. Oqibatda olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida halok bo‘lgan.
Hozirgi paytda hodisa joyida tezkor tergov guruhi ish olib borayotganligi ta’kidlanmoqda. Ular yuz bergan hodisa sabab va vaziyatlarini aniqlamoqda.
Izoh (0)