Yevropa Ittifoqi Kengashi Suriya hukumatiga nisbatan sanksiyaviy rejimni 2017-yilning 1-iyuniga qadar qo‘llaydi. Bu haqda Kengashning 27-may, juma kuni e’lon qilingan press-relizida ma’lum qilingan, deb xabar beradi “Interfaks”.
“Bu qaror Suriya aholisiga qarshi repressiyalar davom etar ekan, YeI ushbu rejim va uning tarafdorlariga nisbatan sanksiyalarni joriy etish va ijro etishda davom etishini tasdiqlagan Kengashning 2014-yil dekabridagi qaroriga muvofiqdir”, — deyiladi hujjatda.
Press-relizda aniqlik kiritilishicha, YeI choralari qatoridan neft mahsulotlariga nisbatan taqiq, Suriya bilan bog‘liq investitsiyalarni cheklash, YeIdagi Suriya markaziy banki hisoblarini muzlatib qo‘yish, Suriyada repressiya uchun yoki telefon va internet-traffikni kuzatish va tutib qolish uchun qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan texnologiya eksportini cheklash kabilar joy olgan.
Bundan tashqari, YeI rasmiiylari 200 dan ortiq jismoniy shaxs va 70 ta tashkilotning YeI mamlakatlariga kirishiga nisbatan taqiqni saqlab qoladi va ularning hisoblarini muzlatilgan holda qoldiradi.
Izoh (0)