Futbol bo‘yicha Yevropa chempionatiga tayyorgarlik ko‘rayotgan Angliya terma jamoasi Avstraliya termasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Bu haqda The Guardian xabar bermoqda.
Angliya termasining istiqbolli futbolchilardan biri, yakuniga yetgan mavsumda “Manchester Yunayted”da yorqin o‘yin namoyish qilgan 18 yoshli hujumchi Markus Reshford uchrashuvning 3-daqiqasidayoq hisobni ochib, debyut o‘yinidayoq gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
55-daqiqada “MYu”ning boshqa bir hujumchisi – Ueyn Runi “uch sherlar”ning ikkinchi goliga mualliflik qildi. 75-daqiqada Erik Dayer o‘z darvozasini ishg‘ol qilib, yakuniy hisobning 2:1 bo‘lishiga zamin yaratdi. Shu tariqa, Roy Xojson shogirdlari kichik hisobda zafar quchdi.
Eslatib o‘tamiz, Fransiya mezbonlik qiladigan Yevro–2016 turniri 10-iyundan 10-iyulgacha bo‘lib o‘tadi.
O‘rtoqlik uchrashuvi
Angliya – Avstraliya 2:1 (1:0)
Gollar: 1:0 – 3 Reshford, 2:0 – 55 Runi, 2:1 – 75 Dayer (avtogol).Ogohlantirish: Muy (38).
Angliya – Forster (Xiton, 87), Stounz, Klayn, Smolling (Dayer, 73), Bertran, Drinkuoter, Uilsher (Milner, 46), Lallana (Runi, 46), Xenderson, Sterling (Taunsend, 76), Reshford (Barkli, 63).
Avstraliya – Rayan, Risdon (Degenek, 74), Smit, Rayt, Milligan, Rogich (Yurich, 73), Luongo (Ikonomidis, 58), Yedinak, Muy (Irvayn, 84), Maklaren (Makkey, 58), Kruz (Gudvin, 84).
Izoh (0)