Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Dmitriy Rogozin hozirgi paytda Rossiya kosmik sohada AQShdan to‘qqiz marta orqada qolayotganligini ma’lum qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
“Bugun biz kosmik sohada amerikaliklardan to‘qqiz marta ortda qolayapmiz. Barcha loyihalarimiz unumdorlikni 1,5 marta oshirishimiz lozimligini ko‘rsatmoqda. Bir yarim martaga oshirarmiz ham, baribir hech qachon ularga yeta olmaymiz”, — dedi u Rossiya Savdo-sanoat vazirligi kollegiyasida.
U agar Rossiya sanoati yuqori unumdorlikka intilmasa va byurokratiyaga qarshi kurashmasa, Rossiyadagilar NASA va Ilon Maskka qarab o‘tirishda davom etishini ta’kidlab o‘tdi.
Izoh (0)