27-may kuni Korean Air aviakompaniyasining “Boing-777” avialayneri chap dvigateli yonib ketdi, hodisa aks etgan video YouTube’ga joylandi.
Avvalroq Janubiy Koreyaning eng yirik Korean Air aviakompaniyasiga qarashli samolyot Tokioning Xaneda aeroportida yona boshlagani xabar berilgan edi. Samolyot bortidagi 319 kishi evakuatsiya qilingan. Hech kim jabrlanmagan. Hodisa samolyot Seulning Inchxon xalqaro aeroportiga uchishga tayyorgarlik ko‘rayotgan paytda yuz bergan.
Izoh (0)