Tailand qirolichasi Sirikit Bangkokdagi Sirirat kasalxonasida bosh miyaning qon bilan yetarlicha ta’minlanmayotganini aniqlash uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tdi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti” Tailand Qirollik saroyi byurosi tarqatgan axborotnomaga tayanib.
Tibbiy ko‘rik natijasida qirolichada miya qon bilan yetarlicha ta’minlanmayotgani muammosi hamon borligi, ammo 2012-yildagi tekshiruvdan buyon salbiy o‘zgarishlar kuzatilmagani ma’lum bo‘ldi.
Qirolicha Sirikit ayni paytda 83 yoshda bo‘lib, u turmush o‘rtog‘i, 88 yoshli qirol Pxumipxon Adulyadet bilan bir necha yildan buyon Bangkokning Sirirat kasalxonasidagi maxsus qirollik apartamentlarida shifokorlarning doimiy nazorati ostida yashab keladi.
Izoh (0)