Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev hukumatga oziq-ovqat embargosini 2017-yil oxiriga qadar uzaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishni topshirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Medvedev mahalliy qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy qilgan yoxud ularga qo‘shilgan davlatlarga nisbatan embargoni saqlab qolishni ko‘p bora so‘raganini eslatib o‘tdi.
“Qishloq xo‘jaligi biznesi bilan shug‘ullanayotganlar, agrar kompaniyalar ko‘p marotaba so‘raganidek, investitsiyalarni rejalashtirish uchun qo‘shimcha ufqlarga ega bo‘ladi”, — deb ta’kidladi hukumat rahbari.
Izoh (0)