BMT Xavfsizlik kengashi Liberiyaga nisbatan qo‘llanilgan sanksiyalarni bekor qilish haqidagi rezolyutsiyani bir ovozdan qabul qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Xavfsizlik kengashi “qurol-yarog‘ga nisbatan choralarning amal qilishini kechiktirmasdan bekor qilish... 1 521-rezolyutsiyaning (2003) 21-bandini bajarish uchun ta’sis etilgan qo‘mitani va 1 521-rezolyutsiyaning 22-bandiga muvofiq ta’sis etilgan ekspertlar guruhini kechiktirmasdan tarqatib yuborish” haqida qaror qabul qildi.
Hujjatda, shuningdek, BMT Xavfsizlik kengashi Liberiya hukumati mamlakatni qayta tiklash masalasida erishgan barqaror taraqqiyotni ma’qullashi ta’kidlangan.
BMT Xavfsizlik kengashining Liberiyaga nisbatan sanksiyalari 2001-yilda joriy etilgan edi.
Izoh (0)