Rossiyada mamlakatga Zika bezgagini olib kelish bilan bog‘liq to‘rtinchi holat qayd etildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar beradi.
“Bizda Rossiyaga Zika bezgagini olib kelish bilan bog‘liq to‘rtinchi holat qayd etildi”, — dedi Rospotrebnadzor tashkiloti rahbari Anna Popova.
Uning so‘zlariga qaraganda, virus Dominikan Respublikasidan dam olishdan qaytgan erkakda aniqlangan. U qaytib kelganidan to‘rt kun o‘tgach, mutaxassislarga murojaat qilgan.
O‘tgan hafta Rossiyada Zika virusini yuqtirib olish bilan bog‘liq uchinchi holat haqida ma’lum qilingan edi.
Izoh (0)