Ikki nafar Janubiy koreyalik futbol hakami pora olish bilan bog‘liq ishlarda ayblanib, tergov qilinmoqda. Bu haqda AP agentligiga tayangan holda “Chempionat” xabar bermoqda.
Xabar qilinishicha, 2013-yilning mart oyidan oktabr oyiga qadar ikki nafar hakam Janubiy Koreyaning K-Ligasi vakili “Chonbuk Xyonde Motors” jamoasidan beshta o‘yin uchun go‘yoki 5 million koreys voni (4 200 dollar)ni pora sifatida olgan. O‘sha yilning dekabr oyida hakamlik korrupsiyasi ishi bo‘yicha ish qo‘zg‘atilgan va har ikki hakam o‘z ishidan chetlatilgan edi.
“Chonbuk Xyonde Motors” jamoasi rahbariyati hakamlarga pora bergan klub vakili o‘z manfaatlarini ko‘zlab shu ishga qo‘l urganini ta’kidladi.
Izoh (0)