O‘zbekiston Markaziy banki 2016-yil 24-maydan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatlarini belgiladi.
Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 2919 so‘m 35 tiyin etib belgilandi. Bu 17-maydagi kursga nisbatan 5 so‘m 25 tiyinga ko‘p.
24-maydan e’tiboran 1 yevro qiymati 3334 so‘m 40 tiyin (17-maydagi kursga nisbatan 10 so‘m 55 tiyin arzon), 1 Xitoy yuani 446 so‘m 1 tiyin (17-maydagi kursga nisbatan 53 tiyin arzon), 1 Rossiya rubli esa 43 so‘m 98 tiyin (17-maydagi kursga nisbatan 90 tiyin arzon) etib belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.
Izoh (0)