O‘z tashrifi bilan Vyetnamda bo‘lib turgan AQSh prezidenti Barak Obama 23-may, dushanba kuni kechki ovqatga mashhur mahalliy taom “bun cha”ni tatib ko‘rdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Mazkur taom achchiq qaylali va ko‘mirda qovurilgan cho‘chqa go‘shtli kotletni o‘z ichiga olgan guruchli vermisheldir.
E’tiborga molik jihati, Amerika prezidenti kechki ovqatlanish joyi sifatida hashamatli restoranni emas, Xanoyning tarixiy markazida joylashgan kichkina ko‘chalardan biridagi oddiy ko‘cha tamaddixonasini tanladi.
Yon-atrofdagi ko‘chalar xavfsizlik xodimlari tomonidan patrul qilinganligi va ularda harakatlanish qisman yopib qo‘yilganligiga qaramasdan, oddiy xanoyliklar Amerika prezidentining “bun cha” tanovul qilishini o‘z ko‘zi bilan ko‘rishga muvaffaq bo‘ldi.
Izoh (0)