Ispaniyalik ruhoniy oliy kuchlardan mamlakat shimoli-g‘arbidagi yo‘lni ta’mirlab berishni so‘radi. Bunga mahalliy hukumatning bu masalani ko‘p marta rad etganligi sabab bo‘ldi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
E’tiborni qaratish maqsadida ruhoniy yo‘lga muqaddas suvdan sepib chiqdi va yo‘ldan o‘tayotgan haydovchilarni oldindan ogohlantirish uchun har bir chuqurga yog‘och xochlarni o‘rnatib chiqdi.
Ruhoniy vaziyatni o‘nglashning “yagona yo‘li qolganligi” uchun ham shunday yo‘l tutganini ma‘lum qildi.
Izoh (0)