Turkiyada hukmron partiyaning yangi yetakchisi etib bir ovozdan transport vaziri Binoli Yildirim tanlandi. Endi u mamlakat bosh vaziri bo‘ladi, deb xabar bermoqda “RBK”.
60 yoshli siyosatchi mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan bir qatorda Adolat va taraqqiyot partiyasining asoschilaridan biri hisoblanadi. Partiya syezdida unga 1405 delegat ovoz berdi.
Yildirim partiya rahbarligiga ko‘rsatilgan yagona nomzod edi.
Turkiyaning oldingi bosh vaziri Ahmed Davuto‘g‘li 9-iyun kuni prezident Toyyib Erdo‘g‘onga 7-iyun kuni bo‘lib o‘tgan parlament saylovlari munosabati bilan hukumat iste’fosi to‘g‘risida arznoma bergan edi.
Izoh (0)