O‘zbekistonlik Nigina Abduraimova Yaponiyaning Kurume shahrida yakuniga yetib borayotgan, mukofot jamg‘armasi 50 ming dollarga teng ITF turkumidagi tennis turnirining finaliga chiqdi.
Xalqaro tennis federatsiyasi rasmiy saytining ma’lum qilishicha, 21 yoshli o‘zbekistonlik tennischi yarim finalda rossiyalik Kseniya Likinaga qarshi bahs olib bordi. Bir soatu 21 daqiqa davom etgan bellashuvda 6:1, 6:3 hisobi qayd etilib, Abduraimova foydasiga hal bo‘ldi.
WTA reytingida 219-o‘rinda borayotgan o‘zbekistonlik tennischi turnirning bosh sovrini uchun mezbonlar vakilasi, dunyo reytingida 272 pog‘onani egallab turgan Kyoka Okamuraga qarshi kortga chiqadi.
Eslatib o‘tamiz, Nigina Abduraimova bungacha fransiyalik Josefin Bualemni 6:4, 7:6, yaponiyalik Kanae Hisameni 4:6, 6:3, 6:1 hamda britaniyalik Keti Danni 6:4, 6:3 hisobida taslim qilgandi.
Izoh (0)