2016-yilning birinchi choragida Rossiyada poraning o‘rtacha miqdori 145,4 ming rublni tashkil qildi. Bu haqda, mamlakat IIV tegishli idorasi rahbari Andrey Kurnosenkoning bayonotiga asoslanib, Meduza xabar bermoqda.
Uning ta’kidlashicha, 2015-yilda bu ko‘rsatkich 188 ming rublga teng edi.
2015-yilda poraning o‘rtacha miqdori 2014-yildagiga qaraganda 70 foizga ortgan edi.
“O‘rtacha pora miqdorining o‘sishi professional faoliyatimiz sifati oshayotganidan dalolat. Biz ortida katta-katta maxfiy strukturalar va poralarning tegishli hajmi turgan yirik amaldorlarni tuta boshladik”, — deb ta’kidladi Kurnosenko.
Izoh (0)