Italiyaning Neapol shahrida bo‘lib o‘tayotgan pitssa festivalida oshpazlar 2 kilometrlik pitssa tayyorlab, yangi jahon rekordini o‘rnatdi. Bu haqda, festival tashkilotchilari tarqatgan matbuot xabarnomasiga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Pitssa tayyorlash ustalari — pitssayolo — 18-may kuni ushbu pitssani pishirishga 10 soat vaqt sarfladi. Buning uchun ulkan po‘lat tovadan va beshta maxsus ko‘chma pechlardan foydalanildi.
1850 metr uzunlikda pitssani tayyorlashga 2 tonna un, 1,6 tonna pomidor, 2 tona motsarella, 200 litr yog‘ va 30 kilogramm rayhon sarflandi.
Pitssa Ginnes rekordlar kitobi vakillari ishtirokida o‘lchandi. Shu tariqa, yangi jahon rekordi o‘rnatildi. Shundan so‘ng tashkilotchilar taomni mehmonlarga taklif qildi, uning bir qismi esa xayriya tashkilotlariga ulashildi.
Izoh (0)