Bangkokning Pxranakxon Rachabxat universitetida 18-may, chorshanba kuni ikki o‘qituvchi ma’ruzalar zalida o‘ldirib ketildi. Ularga qarata voqea joyidan yashirinishga erishgan hamkasbi tomonidan o‘q uzilganligi taxmin qilinmoqda. Bu haqda, mahalliy politsiya ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Universitet binosi huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan qurshab olingan. “O‘q uzgan kishining shaxsi aniqlangan. U o‘sha universitetning ilmiy xodimi bo‘lib, u qidirilmoqda”, — deb jurnalistlarga ma’lum qildi Bangkok politsiyasi vakili Charoyen Sisasalak.
U gumonlanuvchi avtomobilda o‘quv muassasasi hududini tark etganligini ma’lum qildi. Politsiya hozircha fojiaga nima sabab bo‘lganligini ayta olmadi. General-mayor Sisasalak hodisaga universitet xodimlari o‘rtasidagi mojaro sabab bo‘lganligini taxmin qildi.
Izoh (0)