Xalqaro valyuta jamg‘armasi Gretsiyaning Yevrozonadagi kreditorlariga qarzlar bo‘yicha foizlarni to‘lash muddatini 2040-yilga qadar surishni taklif qildi. Bu haqda, The Wall Street Journal nashriga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
Jamg‘arma rasmiylari Gretsiya 2080-yilgacha qarzni to‘liq uzish imkoniyatini berish lozim deb hisoblamoqda.
Shuningdek, tashkilot kreditlar stavkasini 30–40 yilga 1,5 foiz qilib belgilab qo‘yishni maqsadga muvofiq deb sanamoqda. Taklif qilinayotgan choralar inobatga olinsa, Gretsiya har yili to‘laydigan pul YaIMning 15 foizidan oshmaydi.
Yevrozona hukumatlari, birinchi navbatda Germaniya rahbariyati mazkur tashabbusga qarshi chiqmoqda.
Gretsiya shu paytga qadar Yevropa davlatlaridan moliyaviy yordam rejasi asosida 200 milliard yevro oldi. Oxirgi kredit paketi yana 60 milliard yevroning taqdim etilishini ko‘zda tutadi.
Izoh (0)