IShID jangarilari 17-may, seshanba kuni Iroqning Anbar viloyatida armiya va shia ko‘ngillilari blokpostiga hujum uyushtirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Al Jazeera telekanaliga ko‘ra, xudkush terrorchilar Bag‘doddan 70 kilometr uzoqlikdagi Rumayla manzilida joylashgan harbiylar marralarida 11 ta minalashtirilgan avtomobilni portlatdi. Buning oqibatida 60 nafar askar halok bo‘ldi, kamida 150 kishi jarohatlandi. 30 harbiy-transport vositasi safdan chiqarildi.
Terrorchilarning hujumi Mosul shahrini IShID jangarilaridan ozod qilish bo‘yicha operatsiya hozirlanayotgani haqidagi xabarlar asnosida sodir etilgani bildirilmoqda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)