17-may kuni Iroq poytaxti Bag‘dodda ikkita bombaning portlatilishi oqibatida qurbon bo‘lgan soni 69 kishiga yetdi. Bu haqda, Associated Press’ga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Ilgariroq qurbonlar soni 58 kishini tashkil etgani xabar qilingan edi.
Birinchi portlovchi uskuna xudkush tarafidan Bag‘dod shimolidagi bozorda harakatga keltirildi. U yerda 34 kishi halok bo‘ldi, 75 kishi yaralandi.
Avtomobilga o‘rnatilgan ikkinchi bomba shahar janubida portlatildi. Buning oqibatida to‘qqiz kishi halok bo‘lib, 18 kishi yaralangani bildirilgan edi. Ayni paytda qurbonlar soni oshgani aytilmoqda.
Teraktlar uchun javobgarlikni hech qaysi radikal tashkilot zimmasiga olmadi.
Izoh (0)