Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Instagram’dagi obunachilariga murojaat qilib, mushugini topishda yordam so‘radi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Mushugimiz izsiz g‘oyib bo‘ldi. Kichkina yo‘lbarsga juda o‘xshash. Mehmonlarim uning yo‘lbarsga o‘xshashligini ko‘p ta’kidlar edi”, — deb yozdi Qodirov.
Uning aytishicha, mushukcha o‘n kun muqaddam qochib ketgan.
“Uning qaytib kelishidan umid qilgandik, negaki u bolalarga bog‘lanib qolgan, ular bilan o‘ynashni yaxshi ko‘rardi. Ammo endi biz jiddiy xavotir olyapmiz... Sizlardan har qanday axborot uchun minnatdor bo‘laman. Oldindan hammaga rahmat”, — qo‘shimcha qildi siyosatchi.
Izoh (0)