26–28-may kunlari Toshkentning G‘afur G‘ulom nomli madaniyat va istirohat bog‘ida, shuningdek, respublika viloyatlari va Qoraqalpog‘istonda an’anaviy kitob bayrami bo‘lib o‘tadi. Bu haqda, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligiga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Bayram doirasida badiiy, ijtimoiy-siyosiy va ensiklopedik adabiyotlar taqdimoti o‘tkaziladi. Tashrifchilar turli viktorinalar hamda adiblar va rassomlar bilan uchrashuvlarda qatnashishi mumkin bo‘ladi. Tadbirlarga kirish bepul.
30-may kuni “Kitob — xalqning bebaho ma’naviy va madaniy boyligi” to‘rtinchi an’anaviy konferensiyasi bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)